10:26 / 17.05.2015
1496

Toshkentda diplomatik vakolatxonalar xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

Sinxua agentligining xabar berishicha, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha turnir tashkil etildi.
Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Sun Litszening so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqelik davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamfikrlilikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Musobaqada jami 14ta jamoa, jumladan, XXR elchixonasi vakillari kuch sinashdi. Yakunda Ukraina elchixonasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2- va 3- o‘rinlarni Vetnam hamda Eron elchixonalari egallashdi.
Mazkur turnir O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Top