14:01 / 18.05.2015
2490

Afg‘oniston Xitoy bilan xavfsizlik va giyohvandlikka qarshi kurashda hamkorlik qiladi

Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Nurulhaq Ulumiy Xitoyga uyushtirganrasmiy safari chog‘ida xavfsizlik va giyovahnd moddalar savdosiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Afghanistan.ru sayti ma'lumot bermoqda.
“Tulu” telekanali orqali ko‘rsatilgan matbuot anjumani chog‘ida Xitoy Afg‘onistonga yo‘l minalarini topish va yo‘q qilishga mo‘ljallangan asbob-uskuna bilan yordam qilishi, shuningdek, Afg‘oniston milliy politsiyasi xodimlari uchun o‘quvlar o‘tkazishga yordam berishi aytildi.

Top