13:36 / 18.05.2015
3740

Chet el kompaniyalari Afg‘onistondan 100 mln dollar qarzdor bo‘lib qoldi

Afg‘onistonning 50dan ortiq qurilish va logistika kompaniyalari AQSh va Turkiya firmalari ulardan 100 mln dollar miqdorida qarz bo‘lib qolgani haqida qo‘shma bayonot tarqatdi.
“Mayvandi-Osiyo” kompaniyasi rahbarining so‘zlariga qaraganda, ular bir qator xorijiy buyurtmachi kompaniyalar uchun loyihalarni amalga oshirib bergan, ammo buning uchun to‘lov amalga oshirilmagan. Aytishicha, xorijlik tijoratchilar undan 6.3 mln dollar qarzdor bo‘lib qolgan.
Afg‘oniston savdo va sanoat palatasi rahbari ushbu e'tirozlarning asosli ekanligini tan olib, mutasaddi organlar ularni o‘rganib chiqishiga ishontirdi.

Top