15:34 / 18.05.2015
5453

Dubayda yarim yalang‘och ayollarga davlat idoralariga kirish taqiqlandi

Dubay ma'muriyati musulmon liboslarida yurmaydigan ayollarga davlat idoralariga kirishda uzun yopiq kiyimlar kiyishni taklif qila boshladi.
Bunday tashabbus aholining ko‘p sonli shikoyatlaridan so‘ng amalga oshirila boshlandi. Ta'kidlanishicha, yevropacha rusumda kiyingan ayollar arablarni kundalik yumushlardan chalg‘itadi.
Shu bois, Al Arabiya telekanalining ma'lum qilishicha, shahar ma'muriyatining rasmiy saytida e'lon qilingan Dubay odob-ahloq kodeksida davlat idoralariga kirishda uzun kiyimlar kiyish taklif qilingan.

Top