AQShning Massachusets shtati politsiyasi internetda gigant akula aks etgan videoni chop etdi. Videoni ko‘rgan mutaxassislarning fikricha, akulaning uzunligi 7,6 metrni tashkil qiladi.
Bu akula AQShning shimoli-g‘arbida joylashgan Keyp-Kod yarimoroli sohilidan 150 metr uzoqlikda aniqlangan.
Bahaybat akula – kattaligi bo‘yicha kitsimon akuladan keyin 2-o‘rinda turadi. O‘zining katta o‘lchamlari va qo‘rqinchli ko‘rinishiga qaramasdan, u odam uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki u go‘sht yemaydi.