12:07 / 18.05.2015
2584

«Toshshahartransxizmat» 2015 yilda ham avtobuslarga konditsioner o‘rnatmaydi

«Toshshahartransxizmat» AK yoz mavsumida shahar jamoat transportlariga konditsioner o‘rnatishni rejalashtirmagan. Bu haqda UZ24 nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, kompaniya tomonidan, shuningdek, yaqin vaqtlarda konditsioner tizimiga ega avtobus va tramvaylarni sotib olish ham reja qilinmagan. Kompaniyaning eslatishicha, issiq havoga qarshi transport salonlarida darchalar yoki shift tuynuklaridan foydalanish mumkin. Ular qo‘shimcha havo o‘tkazadi va ularni harakatlanish davomida ochishga ruxsat etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham kompaniya avtobuslarga konditsioner o‘rnatiladimi, degan savollarga qat'iy rad javobini bergandi. Bunga konditsioner tizimi o‘rnatilgan transport vositalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish narxi yuqoriligi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Top