16:21 / 18.05.2015
2875

Turkiya Mursiyni qatldan saqlab qolish uchun xalqaro huquqiy mexanizmlarni ishga soladi

Turkiya Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyga chiqarilgan o‘lim hukmini bekor qilish uchun xalqaro huquq mexanizmlarini ishga soladi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Ibrohim Qalin bayonot berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba Qohirada 2011 yildagi to‘polonlarda aholiga qarshi jinoiy xatti-harakatlar amalga oshirishda ayblanayotgan Mursiy va uning bir qancha sheriklariga hukm chiqarildi. Mursiyga o‘lim jazosi belgilandi.
Ibrohim Qalinning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Turkiya Saudiya Arabistoni va Qatar bilan konsultatsiyalar o‘tkazib, hukmni bekor qilishga intilmoqda. Yaqinda bu ishga jahon hamjamiyatining, birinchi navbatda, BMT inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining e'tiborini tortish rejalashtirilmoqda.

Top