21:50 / 19.05.2015
2033

Apple televizor ishlab chiqarish rejasidan voz kechdi

Apple kompaniyasi televizorlar ishlab chiqarish rejalaridan voz kechdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Kompaniya xodimlaridan tashkil topgan kichik guruh bu yo‘nalishda 10 yildan ortiqroq vaqt mobaynida ish olib bordi. Oxirgi rejalardan biri 4K ko‘rsatish qobiliyatiga ega ultrayuqori sifatli televizor ishlab chiqarish bo‘lgan. Qurilma videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va foydalanuvchining harakatlarini kuzatish uchun bir nechta kameralar bilan jihozlanishi kerak edi.

Kompaniya rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga televizorlar bozoridagi juda yuqori raqobat sabab bo‘lgan. Bu bozorda Samsung kompaniyasi yetakchilik qilmoqda. Apple televizorlar yaratish o‘rniga o‘zining Apple TV pristavkasini rivojlantirishni davom ettiradi. Bu pristavkaning yangi versiyasi iyunda San-Frantsiskoda o‘tadigan WWDC-2015 anjumanida namoyish etilishi aytilmoqda.

Top