15:21 / 19.05.2015
1691

AQSh parranda grippi tufayli 1 mlrd dollar zarar ko‘rdi

AQShning Ayova va Minnesota shtatlarida avj olgan parranda grippi oqibatida iqtisodiyotga 1 mlrd dollar zarar keltirildi. Associated Press agentligining xabar berishicha, ayni paytda ushbu viloyatlarda favqulodda holat joriy qilingan.

Ayova shtati AQShda tuxum yetkazish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Epidemiya tufayli shtatda tuxum qo‘yuvchi tovuqlarning 30 foizi yoki 20 mln parranda qirilib ketdi. O‘z navbatida, kurka go‘shti yetkazib berish bo‘yicha yetakchi hisoblangan Minnesota shtati 8 mln qushdan ayrildi.

AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligining ma'lum qilishicha, epidemiya 15 shtatda 37 mln parrandaning qirilib ketishiga olib keldi.
Taxminlarga ko‘ra, AQShdan kurka go‘shtini eksport qilish 10 foizga, tuxum eksporti 1.5 foizga, tovuq go‘shti eksporti 6.8 foizga qisqaradi.
Aprel oyidan buyon gripp tarqalishining 160 holati aniqlangan.

Top