06:42 / 19.05.2015
2266

LG kompaniyasi G4 smartfonining sotuvga chiqarilishini e'lon qildi

LG Electronics korporatsiyasi o‘zining LG G4 flagman smartfonining sotuvga chiqarilishini e'lon qildi. Yangi qurilmaning tavsiya qilingan narxi ma'lum qilinmagan. Ishlab chiqaruvchi narxlar mintaqalar va aloqa operatorlariga bog‘liq bo‘lishini aytmoqda.

Joriy haftada LG G4 ni bir qator davlatlarda xarid qilish mumkin bo‘ladi. Qurilma dastlab Gonkongda, sal keyinroq Turkiya, Singapur va Rossiyada sotuvda paydo bo‘ldi. Yaqin oylarda smartfon Yevropa, Shimoliy Amerika, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Amerikada sotuvga chiqariladi. Smartfonlar butun dunyo bo‘ylab 180ta operator va reteylerlar orqali sotiladi.

Ma'lumot uchun, LG G4 smartfoni teri qoplamali korpus, 5,5 dyuymli ko‘rsatish qobiliyatiga ega 2560 × 1440 pikselni tashkil qiladigan Quad HD IPS Quantum dipleyi, 1,8 GGts takt chastotasiga ega 64 bitli 6 yadroli Qualcomm Snapdragon 808 protsessori, ikkita kamera – f/1,8 diafragma va lazerli avtofokusga ega 16 Mpli asosiy va f/2,0 diafragmali 8 Mpli old kamera bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, qurilma 3 Gb tezkor xotira va 32 Gb doimiy xotira, tez quvvatlanish texnologiyasiga ega 3000 mA-soat hajmli akkumulyatorga ega. Operatsion tizim sifatida Android 5.1 Lollipop o‘rnatilgan.

Top