20:18 / 19.05.2015
1832

Luchesku agenti Moskvaga poytaxt klublaridan biri bilan shartnoma tuzish uchun keldi

Donetskning “Shaxtyor” futbol jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Moskva klublaridan biriga murabbiylik qilishi mumkin.

Matchday.ua bergan xabarga ko‘ra, murabbiyning agenti Arkadiy Zaporojanu Moskvaga poytaxt klublaridan biri bilan shartnoma tuzish uchun tashrif buyurgan.

Luchesku agentining xabar berishicha, ruminiyalik murabbiyiga Rossiya va Turkiya klublaridan qiziqish bildirilmoqda.

Ruminiyalik mutaxassis “Spartak” yoki “Lokomitiv”ga murabbiylik qilishi haqidagi avvalroq ma'lum qilingan xabar inkor etildi.

Joriy mavsum tugagach, Lucheskuning “Shaxtyor” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi.

Top