09:00 / 19.05.2015
1884

Obamaning tvitterdagi akkaunti yarim kun ichida 1,5 mln follover yig‘di

18 may kuni AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama tvitter tarmog‘ida o‘zining rasmiy akkauntini ochdi va yarim kun ichida 1,5 milliondan ortiq follover yig‘ishga erishdi.

Uning akkaunti orqali dastlab Oq uyning rasmiy akkaunti, so‘ng Oq uyning birinchi xonimi va keyin Jo Bayden, Jon Kerri, Jyeni Psaki kabi shaxslar hamda o‘nlab tashkilotlarning akkauntlari follou qilingan.  
Bundan oldin ham Barak Obama nomidan akkaunt yuritilar edi va unda prezident tomonidan bildirilgan fikrlar yozib borilar edi. Norasmiy hisoblangan bu akkauntda ham 2007 yilning martidan buyon 59 milliondan ortiq follover yig‘ilgan.

Top