18:59 / 19.05.2015
2606

O‘zbekiston partiyalari a'zolaridan tashkil topgan delegatsiya Xitoyga safar uyushtirdi

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi partiyalar Xitoy kommunistik partiyasi bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish, “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” loyihalarida faol ishtirok etish va ikkala davlat o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishmoqda.

O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasi raisi o‘rinbosari Rustam Komilov Pekinda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi tashkiliy bo‘limi rahbari va politbyuro a'zosi Chjao Letszi bilan uchrashuv davomida shunday fikrni bildirdi.

O‘z navbatida Chjao Letszi O‘zbekistonning turli partiyalari vakillaridan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi O‘zbekistonning Xitoy bilan aloqalar va partiyalararo hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berayotganidan guvohlik berishini ta'kidlab o‘tdi.

“Xitoy O‘zbekistonning turli partiyalari bilan munosabatlar, aloqalar turlarini faollashtirishni hamda yuqori darajada Xitoy-O‘zbekiston strategik hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishni birgalikda yo‘lga qo‘yishga tayyor”, deb aytmoqda Chjao Letszi.

Top