14:29 / 19.05.2015
2364

Putin kichik xalqlarning tilini asrashga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Millatlararo munosabatlar va rus tili kengashi yig‘ilishida til assimilyatsiyasi siyosatini olib borish to‘g‘ri bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz ayrim mamlakatlarda yirik etnik jamoalarning o‘z tilidan foydalanish huquqi cheklanishiga, agressiv til va madaniyat assimilyatsiyasi siyosati yuritilishiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz, va biz bunday jamiyatlarda odamlar fuqarolar va nofuqarolar, birinchi va ikkinchi darajali insonlarga bo‘linish sodir bo‘lishini bilamiz”, – ta'kidlab o‘tdi Rossiya rahbari.

Top