08:08 / 19.05.2015
2166

Qozog‘istonliklarning 10 foizi bajonudil pora olishini tan oldi

Qozog‘iston fuqarolarining kattagina qismi pora olishga tayyor ekanligini tan oldi. Bu NewTimes.kz sayti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomadan ma'lum bo‘ldi.
“Pora olarmidingiz?” degan savolga turlicha javoblar berildi. Respondentlarning 38.8 foizi faqatgina pora berishga to‘g‘ri kelganini tan oldi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 24.4 foizi esa hech qachon bunday qonunbuzarlikka qo‘l urmasligini ta'kidladi.
14.1 foiz ishtirokchilar ularga hech qachon pora taklif qilinmaganini ta'kidlasa, 9.7 foiz kishi poraxo‘r ekanliklarini tan oldi. 9.3 foiz ishtirokchilar, o‘z navbatida, pora olishdan bosh tortmasligini bildirdi.

Top