11:28 / 19.05.2015
2406

Rossiyaning bug‘ qozonlar ishlab chiqaruvchi zavodi O‘zbekiston energiya obektlari uchun jihozlar yetkazib berdi

Rossiyaning “Biyskiy kotelnyy zavod” korxonasi O‘zbekiston energiya obektlari uchun bug‘ jihozlari yetkazib berdi. Bu haqda Oltoy o‘lkasi sanoat va energetika boshqarmasi xabar berdi.

Tabiiy gaz va mazutda ishlaydigan PTVM-30 suv qaynatuvchi qozoni O‘zbekiston korxonalaridan birining buyurtmasiga asosan ishlab chiqarilgani aytilmoqda.

Ayni paytda shartnoma bajarilgan va mahsulot o‘zbekistonlik buyurtmachiga yetkazib berilgan. U suvni 150 darajada qizitishga mo‘ljallangan bo‘lib, markaziy isitish tizimida hamda sanoat va maishiy obektlarni issiq suv bilan ta'minlashda qo‘llanilishi mumkin.

Top