Sankt-Peterburgda selfi olish uchun tomga chiqqan peterburglik o‘quvchi pastga qulab halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Russkaya slujba novostey” agentligi.
“O‘quvchilar Zaytseva ko‘chasida joylashgan 37-uy tomidan yong‘in chiqqanda foydalanish uchun mo‘ljallangan zinadan pastga tushayotganlarida zinaning bir qismi ajralib ketdi. Oqibatda o‘quvchilardan biri 5-qavatdan pastga tushib ketdi. O‘smir olgan jarohatlari oqibatida halok bo‘ldi”, deb ma'lum qilinmoqda shahar tergov qo‘mitasi boshqarmasida.
Xabar berilishicha, o‘smirlar bu tomga muntazam chiqib yurishgan.