08:23 / 19.05.2015
2124

Toshkentda zargarlik buyumlari va 5 ming dollar pulni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Toshkentda zargarlik buyumlari va 5 ming dollar pulni o‘g‘irlab ketgan jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Postda” gazetasida keltirilishicha, Olmazor tumanida yashovchi S. Saidnuriddin Uchtepa tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U noma'lum shaxs uyiga kirib, 14 turdagi zargarlik buyumlari va 4 700 AQSh dollari miqdoridagi pulni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi M. O‘ktam sodir etgani aniqlangan. Jinoyatchi qo‘lga olinib, jazoga tortilgan.

Top