17:55 / 20.05.2015
1743

141ta davlat tashkilotlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xizmat ko‘rsatayotgani ma'lum qilindi

Joriy yilning aprel oyida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi tomonidan 141ta davlat tashkilotlarida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatilayotganligi aniqlandi.

Shu bilan bir qatorda ushbu davlat tashkilotlari tomonidan 688ta interaktiv davlat xizmatlari YIDXPda ko‘rsatilayotganligi hamda ushbu xizmatlardan 26tasi to‘liq ish faoliyatida emasligi ma'lum bo‘ldi.

Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishli ma'lumot taqdim etildi.

Top