11:52 / 20.05.2015
1609

"Bavariya" Riberiga o‘rinbosar sifatida Sterlingni xarid qilmoqchi

"Bavariya” klubi rahbariyati “Liverpul” jamoasi futbolchisi Rahim Sterlingga jiddiy tarzda qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Bild nashrining ma'lumotiga ko‘ra, Myunxen klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 20 yoshli angliyalik futbolchini Frank Riberining o‘rinbosari bo‘lishi mumkin deb biladi. Joriy mavsumda tajribali fransiyalik yarimhimoyachi jarohatlar tufayli Germaniya Bundesligasining atigi 15 o‘yinida ishtirok etgan.

Xabar qiliniishcha, o‘tgan qishda Xosepa Gvardiolaning akasi bo‘lmish, agent Pere Gvardiola, Sterlingning vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan va u yozgi transferlar vaqtida ular bir yana bir bor shu masala yuzasidan uchrashmoqchi.

Ta'kidlanishicha, Sterling yiliga 7,3 million yevro sal ko‘proq maosh olishni istayapti. Riberi esa “Bavariya”da yiliga 10 million yevro maosh oladi. 

Top