04:51 / 20.05.2015
6600

Gruziya prezidenti Rossiya tomonidan ekspansiya xavfi mavjudligi haqida ogohlantirmoqda

Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Rossiya tomonidan ekspansiya xavfi mavjudligi haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda u Associated Press agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Margvelashvilining aytishicha, Rossiya hukumati o‘zining Qurolli kuchlaridan Sobiq ittifoq davlatlarini bosib olish uchun foydalanishni rejalashtirgan. Margvelashvili G‘arb davlatlarini Rossiyaning tajovvuziga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

“Aytish mumkinki, Yevroosiyo qit'asi doimiy qo‘rquvda yashamoqda. Agar mamlakatda qandaydir beqaror vaziyat bo‘lsa, qo‘shni bu muammoni tezda “Kalashnikov” bilan hal qiladi”, deb aytdi Gruziya prezidenti.

Margvelashvili Gruziya 2008 yildagi voqealardan keyin hanuzgacha Rossiya tomonidan harbiy tahdidni his qilayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top