08:12 / 20.05.2015
1849

Hindiston bosh vazirining Sharqiy Osiyo davlatlari bo‘yicha turnesi yakuniga yetdi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi seshanba kuni Sharqiy Osiyoning uch davlatiga – Xitoy, Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreyaga uyushtirgan safarlarini yakuniga yetkazdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Modining ushbu davlatlar rahbarlari bilan o‘tkazgan muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lsa-da, mutaxassislarning fikricha, bu umumiy vaziyatga kuchli ta'sir ko‘rsatmaydi. Aytilishicha, safardan ko‘zlangan birlamchi maqsad iqtisodiy sohaga yo‘naltirilgan bo‘lib, birinchi navbatda Hindistonga chet eli investitsiyalarini jalb qilish mo‘ljallangan edi.
Shuningdek, Mo‘g‘ulistonga safar hind-mo‘g‘ul munosabatlaridagi dastlabki tajriba bo‘lgani aytilmoqda.

Top