14:40 / 20.05.2015
2214

Hindistonda poyezd va traktorning to‘qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida poyezdning traktor bilan to‘qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Shuningdek, Fire Engineering portalining ma'lum qilishicha, 33 kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

Yaralanganlarning 6 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Ta'kidlanishicha, Gang daryosi bo‘yida o‘tkazilgan diniy marosimdan ko‘plab ziyoratchilar qaytayotgani bois poyezdda odam juda ko‘p bo‘lgan.

Top