21:09 / 20.05.2015
2719

Londonning Chelsi tumanida gullar festivali boshlandi

19 may kuni Londonning Chelsi tumanida gullar festivali boshlandi. 

Ushbu bayram 100 yildan oshiqroq vaqtdan beri har yili bo‘lib o‘tadi va unda turli hil gullar hamda o‘simliklarning yangi navlari namoyish etiladi.

Bunday san'at asarlarini tomosha qilish uchun nafaqat oddiy aholi, balki qirol oilasi vakillari ham tashrif buyurishadi. 

2015 yilning asosiy mavzularidan biri Lyuis Kerollning "Alisa mo‘jizalar mamlakatida" asari bo‘ldi. 

Bayram tashkilotchilari bu yil tadbirga tashrif buyuruvchilar soni 157 ming nafardan kam bo‘lmasligini taxmin qilishmoqda. 

Top