07:57 / 20.05.2015
2731

Misr Mursiyning qatl qilinishiga bo‘lgan munosabatga e'tirozini bildirdi

Misr tashqi ishlar vazirligi “Musulmon birodarlari” tashkilotining bir qancha yetakchilari, shu jumladan, sobiq prezident Muhammad Mursiyga chiqarilgan o‘lim hukmiga jahon hamjamiyatining munosabatiga e'tiroz bildirdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
“Ayrim chet ellik mansabdorlarning gap-so‘zlari haqiqatlan tamomila yiroq bo‘lib, mustaqil asosda faoliyat yuritadigan Misr sud tizimiga nisbatan haqoratlidir”, – dedi bu borada vazirlik vakili Badr Abdulatiy.
Shuningdek, u Misr sudi tashqi kuchlarning tahlili va bahosiga qarab ish yuritmasligini aytib o‘tdi.

Top