13:23 / 20.05.2015
2244

Nukusda Orolbo‘yi mintaqasida kichik biznesni rivojlantirish muhokama qilindi

Nukusda “Orolbo‘yi mintaqasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va ekologik muammolari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ko‘rsatilgan hududda xususiy sektor faoliyatini jonlantirish masalalari muhokama qilindi.
“Pravda Vostoka” gazetasida yozilishicha, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi oliygohlardan tashrif buyurgan pedagoglar, shuningdek, Qozog‘iston, Xitoy va Rossiya vakillari ishtirok etdi.
Anjuman davomida 2014 yilda mintaqada 480 ming yangi ish o‘rni yaratilgani, joriy yilda esa mehnat qilayotganlarning 76.5 foizi aynan xususiy sektorda faoliyat yuritayotgani aytildi. Shuningdek, mintaqa yalpi ichki mahsulotida xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning ulushi 56.1 foizni tashkil qilishi aytib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilari ko‘tarilgan masala bo‘yicha bir qator takliflar va mulohazalar bildirib o‘tdilar.

Top