23:16 / 20.05.2015
5003

Perulik futbolchi o‘yin paytida sakrab turib o‘yin hakamining umurtqasiga tepdi


Futbol bo‘yicha Peru Kubogi doirasida “Union Perene” va “Pichanaki” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvida “Union Perene” jamoasi darvozaboni Paulo Insua uchrashuv hakamiga hujum qilib oldi.

Hakam darvozabonga sariq kartochka ko‘rsatdi. Darvozabonga hakamning bu qarori xush kelmadi va u hakamga yetib olib, sakrab turib hakamning orqasidan umurtqasiga oyog‘i bilan kuchli zarba berdi.

Top