15:15 / 20.05.2015
1938

«Real» futbolchilari Peresdan Anchelottini iste'foga chiqarmaslikni so‘rashdi

«Real» futbolchilari klubning "Microsoft" kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosim vaqtida Florentino Peres bilan gaplashishdi. Bu suhbatda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining kelajagi muhokama qilingan.

Futbolchilar 55 yoshli italiyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashgan va uni iste'foga chiqarmaslikni klub prezidentidan iltimos qilishgan.

«Murabbiylar o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishdan tashqari insoniy xususiyatlarga ega bo‘lsa, bu menga yoqadi. Anchelotti shunday inson», – dedi Serxio Ramos.

Krishtianu Ronaldu ham bu murabbiy bilan ishlayotganidan mamnunligini bildirgan.

«Anchelotti yumshoq inson emas. Uning qo‘lostida biz Mourino davriga nisbatan ko‘proq ishlayapmiz», – deydi Pepe.

«O‘yinchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish Anchelottini o‘ziga xos insonga aylantiradi», – dedi Garet Beyl.

«Qaror qabul qilish huquqi menda bo‘lganida, men uni tanlagan bo‘lardim», – dedi Marselo.

 

Toni Kroos ham jamoadoshlari kabi murabbiyni qo‘llab-quvvatladi va «Anchelotti – chempion» deb fikrini ifodalaydi.

Top