16:14 / 20.05.2015
2118

Toshkentda Microsoft kompaniyasining boshqaruv sohasidagi innovatsion yechimlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2015 yilning 20 may kuni O‘zbekiston savdo va sanoat palatasi tomonidan Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlikda “Microsoft korporatsiyasining samarali boshqaruv sohasidagi innovatsion yechimlari” mavzusidagi amaliy seminar o‘tkazildi.

Tashkilot xabarnomasida aytilishicha, ushbu tadbir O‘zbekiston prezidentining 2013 yil 27 iyunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsion tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Ta'kidlanishicha, tadbirdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad jamoatchilikni samarador boshqaruv sohasidagi zamonaviy yechimlar bilan tanishtirish, maxsus mahalliy hisob tarmoqlari, axborot uzatish kanallari axborot xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishdir.

Top