14:46 / 20.05.2015
2123

Toshkentdagi innovatsion g‘oyalar yarmarkasida paxta teruvchi robot namoyish etildi

19 may kuni Toshkentda ochilgan VIII Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar respublika yarmarkasida paxta teruvchi robot namoyish etildi. Bu haqda MyTashkent.uz xabar bergan.

Xabar qilinishicha, robot obektivi ochiq paxta chanog‘ini ko‘rgach, qo‘lini chanoqqa uzatib, paxtani oladi va konteynerga soladi. «Qo‘l»ning boshqarilish mexanizmi alohida e'tirof etilgan.

Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar respublika yarmarkasi 20 va 21 may kunlari ham davom etadi. Tadbir «O‘zekspomarkaz»da bo‘lib o‘tmoqda.

Top