09:49 / 20.05.2015
7592

Toshkentliklar Afg‘onistonda ro‘y bergan zilzila ta'sirini sezishdi

20 may kuni tongida, soat taxminan 8:33 da O‘zbekiston va Tojikistonning ayrim hududlarida kuchli bo‘lmagan zilzila kuzatildi.

"Toshkent" seysmologiya markazining ma'lum qilishicha, zilzila o‘chog‘i Afg‘oniston hamda Tojikistonning chegara hududida joylashgan.

Bu hodisadan hech kim jabrlanmagani aytilgan.

"Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi" xabariga ko‘ra, 5,5 magnitudali zilzila Tojikiston hududida sodir bo‘lgan. Yer silkinishi episentri Dushanbedan 123 km sharqda, 10 km chuqurlikda joylashdi.

Top