11:28 / 20.05.2015
5886

Yaponiya Putinni kutmoqda

Yaponiyada hukmron liberal demokratik partiya raisi o‘rinbosari Masaxiko Komura Rossiya Davlat Dumasi spikeri Sergey Narishkin bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga tashrif buyurishi maqsadga muvofiq bo‘lishini ma'lum qildi.

Uning aytishicha, bunday safar amalga oshirilgan taqdirda ikki davlat o‘rtasidagi hududiy bahs muhokama qilingan bo‘lar edi.
Ilgariroq Vladimir Putin Rossiya Yaponiya bilan Kuril orollari masalasida muloqot olib borishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan edi. Shu bilan birga, Rossiya Kuril orollari ustidan o‘z suvereniteti o‘rnatilishi xalqaro huquqiy me'yorlar va tarixiy nuqtai nazardan hech qanday shubhaga o‘rin qoldirmasligi pozitsiyasidan voz kechishni istamasligi aytilgan.

Top