17:51 / 21.05.2015
4322

Krishtianu Ronaldu Peres bilan uchrashuvda bir necha muammolarni ko‘tardi

"Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida portugaliyalik futbolchi bir necha masalalarni ko‘targan. Ronaldu eng avvalo qay darajada harakat qilmasin va jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishga intilmasin, yetarlicha sovrin qo‘lga kiritilmayotganidan norozi bo‘lgan.

Shuningdek "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) matbuotdagi tanqidlar vaqtida klub uni himoya qilmaganidan norozi bo‘lganini bildirgan.

Ronaldu klub prezidentidan "g‘alabalar rejasi"ni tuzib chiqishni talab qilgan.

Ma'lum qilinishicha, "PSJ"dan yaxshi taklif bo‘lishiga qaramay, portugaliyalik futbolchi "Real"da qolishni ma'qul ko‘rmoqda.

Top