12:50 / 21.05.2015
2847

Messi mavsumda "Barselona" bilan trebl qayd etmoqchi

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi g‘alaba bilan qanoat qilinmasligi haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"La Ligadagi g‘alaba muhim, bu sovrin faqat kuchlilarga nasib qiladi. Ammo bizda ajoyib jamoa bor va joriy mavsumda ko‘p g‘alabalarga erishmoqchimiz.

Olg‘a "Barsa"!" - deya yozadi Messi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 31 may kuni Ispaniya Kubogi finalida "Atletik" bilan va 6 iyun kuni YeChL finalida "Yuventus" bilan kuch sinashadi.

Top