17:48 / 21.05.2015
3113

O‘zbekiston kardiologiya markazida kardiojarrohlik bo‘limi ochildi

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida yangi kardiojarrohlik bo‘limi ochildi. Bu haqda Uzbekistan Today nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, bo‘lim ochilgandan buyon ikki hafta ichida o‘nta jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi va birinchi bemorlarga uyga ketish uchun ruxsat berilgan.

Yangi bo‘lim ochilishida, tegishli mutaxassislarni tayyorlashda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining sa'y-harakatlari alohida qayd etib o‘tildi.

Top