12:12 / 21.05.2015
4349

Toshkentda yangi elektromobil taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida Turin politexnika universiteti talabalari o‘zlari yasagan elektromobil taqdimotini o‘tkazdi.


Ma'lum bo‘lishicha, elektrokar quyosh batareyalarida ishlaydi. Uning maksimal tezligi soatiga 35-40 km ni tashkil qilishi mumkin. Mashina ikki o‘rinli.


Mashinaga o‘rnatilgan quyosh batareyalari 400 vatt quvvat ishlab chiqarib bera oladi. Akkumulyator to‘la quvvatlantirilgach, u bilan 80 km yo‘l bosish mumkin. quyoshli kunda esa akkumulyatorga energiya to‘plash talab qilinmaydi.
Uskunalar paneli o‘rniga mashina navigatorli planshet bilan jihozlangan.

Top