13:19 / 21.05.2015
11166

Xotin-qizlar qo‘mitasida Rayhon va Lola yana bir bor tanqid qilindi

20 may kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida xonandalar Rayhon va Lola nishon markazida bo‘lishdi. Dastavval Lola Rayhonning konsert dasturida kiygan, dizayner Zulfiya Sulton tomonidan yaratilgan libos “bizning mentalitetimizga umuman to‘g‘ri kelmasligi” aytib o‘tildi.

Shuningdek, ularning ijodiy hamkorliklari mahsuli bo‘lgan «Ko‘nikmadim» qo‘shig‘iga ishlangan klip qattiq tanqid ostiga olindi. Ta'kidlanishicha, bu klip yoshlar tafakkurida salbiy fikrlar, o‘ylar paydo bo‘lishiga sabab bo‘layapti.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 20 may kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar ijod saroyi”da “Ma'naviyatimizni asrab qolaylik!” nomli tadbir o‘tkazildi. Unda ommaviy madaniyat tanqid ostiga olinib, uning salbiy ta'sirini bartaraf etish borasida fikr yuritildi.

Top