15:28 / 21.05.2015
3431

Yulduz Usmonova Tojikistonga gastrol safarini uyushtirmoqchi

O‘zbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova joriy yilda Tojikiston bo‘ylab gastrol safari uyushtirishni va fors tilida albom chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Asia Plus nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Aniq muddatlar haqida gapira olmayman, – uning so‘zlarini keltiradi gazeta. – Lekin uchrashuvimiz shu yili bo‘lishini sezib turibman. Fors tilidagi albomim ham deyarli tayyor, uni shu yil chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Albomdan o‘rin olgan ayrim qo‘shiqlar ommaga ma'lum qilinib, ko‘ngillardan joy topishga ham ulgurdi. Yozda turk tilidagi yangi to‘plamni chiqarishim kerak, shundan so‘ng fors tilidagi albom ustidagi ishni davom ettiraman”.

Top