08:56 / 21.05.2015
1786

"Yuventus" o‘ninchi marta Italiya Kubogini qo‘lga kiritdi

20 may oqshomida Turinning "Yuventus" klubi Italiya Kubogi finalida "Latsio"ga qarshi maydonga tushdi va qiyinchilik bilan qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alabaga erishdi.

Avvaliga hisob "Latsio" tomonidan ochilgan edi. 4 daqiqada Radu jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 11 daqiqada Kellini javob to‘pini kiritdi. Shundan so‘ng uchrashuvning asosiy vaqtida boshqa gol bo‘lmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlar boshlangach, Matri 97-daqiqada gol kiritdi va shundan so‘ng "Latsio" jamoasi vaziyatni o‘nglay olmadi. Shu tariqa "Yuventus" o‘ninchi marta Italiya Kubogi sohibiga aylandi.

Italiya KubogiFinal
Yuventus – Latsio 2:1 (1:1, 0:0, 1:0)
Gollar:  0:1 – 4 Radu, 1:1 – 11 Kellini, 2:1 – 97 Matri. 
Yuventus – Storari, Kellini, Bonuchchi, Bardzali, Evra, Pirlo, Pogba (Pereyra, 78), Vidal, Lixtshtayner (Padoin, 115), Lorente (Matri, 84), Teves.
Latsio – Berisha, Xentiletti, de Vrey (Keyta, 106), Radu (Maurisio, 71), Basta, Lulich, Felipe Anderson, Kataldi, Parolo, Kandreva, Kloze (Jorjyevich, 82).
Ogohlantirishlar: Parolo (18), Evra (60), Bonuchchi (64), Matri (97), Kandreva (108).

Top