12:23 / 22.05.2015
2588

"Barselona" Remsini olish uchun 50 mln funt taklif qilmoqda

The Sun nashrining xabar berishicha, "Barselona" jamoasi o‘z safini tark etgan Xavi o‘rniga munosib nomzod sifatida "Arsenal" jamoasining uelslik yarimhimoyachisi Aaoron Remsini ko‘rmoqda.

Kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchi uchun 50 mln funt to‘lashga tayyorligi aytilmoqda.

Remsi ushbu mavsum 39 uchrashuvda 10ta gol urgan va 7 golli uzatma oshirgan.

Top