08:01 / 22.05.2015
3282

Figu va van Prag FIFA prezidentligi uchun saylov arafasida o‘z nomzodlarini qaytarib olishdi

Gollandiya futbol federatsiyasi rahbari Maykl van Prag va portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu FIFA prezidentligi uchun saylovda ishtirok etmaslikka qaror qilishdi.

Ular Iordaniya shahzodasi Ali bin Ol Hussayn foydasiga nomzodlikdan voz kechishdi.

“FIFA saylovlari adolatli o‘tishi kerak. Bir odamning hukmronligi ostida emas”, - deydi Figu.

Endilikda FIFA prezidentligi uchun ikki nafar nomzod da'vogarlik qilmoqda. Bular amaldagi prezident Yozef Blatter va Iordaniya shahzodasi Ali bin Ol Hussayn.

Saylov 29 may kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi.

Top