19:20 / 22.05.2015
4721

Nursulton Nazarboyev Birlashgan Yevroosiyo iqtisodiy maydoni tashkil qilish taklifi bilan chiqdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Birlashgan Yevroosiyo iqtisodiy maydonini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda Nur.Kz internet nashri xabar tarqatdi.

«Bizga barcha a'zo mamlakatlarning milliy manfaatlari hisobga olingan yagona qoida kerak. Qoidalar birinchi navbatda savdo, transport tuzilmasi va resurslar aylanmasiga nisbatan qo‘llanilishi kerak», deya ta'kidladi Nazarboyev Ostonadagi iqtisodiy forumda so‘zlagan nutqida.

«Birlashgan Yevroosiyo maydoni davomida ham doim amalda bo‘lgan maydon tashkil qilinishi zarur. Ushbu maydon orqali mintaqalarning rivojlanishi bo‘yicha, a'zo davlatlar o‘rtasidagi integratsiya darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi».

«Biz mintaqadagi har bir davlatni Yevroosiyoning yangi farovon kunlarining bir qismi bo‘lishi uchun harakat qilishimiz kerak bo‘ladi», deya gapirib o‘tdi Qozog‘iston rahbari.

Top