07:03 / 22.05.2015
2065

Olma-ota shahri avtobuslarida bepul Wi-Fi xizmati joriy qilindi

Olma-ota shahri avtobuslarida bepul Wi-Fi xizmati joriy qilindi, deb xabar bermoqda loyihaning ishga tushirilishida ishtirok etgan Tengrinews.kz muxbiri.

Jurnalistlar Wi-Fi o‘rnatilgan 16-raqamli avtobusda sayr qildirildi. Modem haydovchi yonida o‘rnatilgan. Avtobus salonida bepul internetning ikki nuqtasi mavjud. Internet bilan ishlash vaqti cheklangan – har 15 daqiqada qayta ulanish talab etiladi.

Hozirda Olma-ota ko‘chalarida bepul internetga ega 60ta avtobus harakatlanmoqda.

“Biz avtobuslarda bepul internetni taqdim qilish imkoniyati haqida ko‘pdan beri o‘ylanayotgandik. Bu yo‘lda vaqtni foydali va samarali o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. Shuning uchun biz bu tashabbus jamoat transportida xizmat ko‘rsatishni yaxshilaydi, deb ishonamiz va bundan xursandmiz”, deb aytdi avtobus parki direktori Baurjon Tulbasov.

Olma-ota Qozog‘istonda avtobuslarida Wi-Fi bo‘lgan 8-chi shaharga aylandi. Loyiha tashabbuschilarining ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning bir nechta shaharlarida 200dan ortiq avtobus yo‘lovchilarga bepul internetdan foydalanish imkoniyatini hadya qilmoqda. Ushbu loyiha ilk bor 2013 yilda Petropavlovskda, keyinchalik Ko‘kchatau, Turkiston, Uralsk, Qarag‘anda, Qustanoy i Qizilo‘rdada ishgan tushirilgan edi. Bu tashabbus ushbu shaharlar aholisiga ma'qul kelgan. Hozirda boshqa shaharlarda ham ushbu xizmatni joriy qilish ishlari faol tarzda olib borilmoqda.

Avvalroq bepul Wi-Fi xizmati Olma-otaning 4ta trolleybusida joriy qilingani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, hukumat Ostona shahrida ham 1 iyuldan avtobuslarda bepul internetni taqdim qilishga va'da bergan.

Top