18:41 / 22.05.2015
4751

Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘g‘irlab ketildi.
“RosBalt” agentligining ma'lum qilishicha, 21 may kuni politsiyaga 26 yoshli o‘zbekistonlik muhojir murojaat qilgan va 19 may kuni uning yaqin qarindoshi o‘g‘irlab ketilganini aytgan. E'tirof etilishicha, unga noma'lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilinib, 150 ming rubl evaziga qarindoshi qo‘yib yuborilishi aytilgan. Axborot huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshirilmoqda.
Ikkala muhojir ham Peterburgda hujjatlarsiz yashab kelgani ma'lum qilinmoqda.

Top