18:57 / 22.05.2015
6367

Saudiya Arabistonida terrorchi-xudkush juma namozi paytida masjidda o‘zini portlatib yubordi

Bugun, 22 mayda Saudiya Arabistonining sharqida joylashgan Ash-Sharqiya viloyatidagi Imom Ali nomidagi shialar masjidida juma namozi paytida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, bomba portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan. Ulardan ba'zilari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Namoz paytida masjidda 150 ga yaqin odam bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu teraktni terrorchi-xudkush amalga oshirgan.

Ash-Sharqiya viloyatida asosan shia mazxabidagi musulmonlar istiqomat qiladi. Mamlakatning qolgan qismidagi aholi asosan salafiy mazxabiga e'tiqod qiladi.

Top