12:16 / 23.05.2015
3329

Eron Saudiya Arabistonidagi masjidda amalga oshirilgan teraktni qoralab chiqdi

Eron tomoni Saudiya Arabistoni hududidagi Imom Ali nomidagi shialar masjidida uyushtirilgan teraktni qoralab chiqdi va bu hujum ijrochilari topilib, jazolanishi kerakligini ta'kidladi.

22 may kuni, Saudiya Arabistoni sharqidagi El Katif tumani hududidagi shialar masjidida juma namozi bo‘lib o‘tayotgan paytda terrorchi tanasiga o‘rnatilgan bomba potlashi natijasida 21 kishi halok bo‘ldi va o‘nlab kishilar jarohatlandi. Bu terakt uchun javobgarlikni "IShID" o‘z zimmasiga olgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Marziyo Afxam hududda terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirib, tinch aholi vakillarining qurbon bo‘lishiga chek qo‘yilishi uchun zarur tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini ta'kidlagan.

Top