10:06 / 23.05.2015
4769

Moskva viloyatida ikki yashar bola 11-qavatdan tushib ketib omon qoldi

Moskva viloyatida yashovchi ota-ona o‘z farzandlariga e'tiborsizlik qilgani tufayli undan ayrilib qolishlariga bir bahya qoldi. Fryazino shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida xonada bir o‘zi tashlab ketilgan 2 yoshli bolakay deraza tokchasiga chiqib, chivinlarga qarshi to‘rga qo‘llari bilan tirmashganda to‘r bilan birga 11-qavatdagi uyning oynasidan pastga tushib ketdi.

U pastdagi o‘tloq ustiga tushgan va omon qolgan, biroq unda bosh-miya chanog‘i, bosh miya lat yeyishi, qorin va ko‘krak qafasida ko‘plab jarohatlar qayd etilgan. Bundan tashqari, bolakayning qo‘l-oyoqlari singan. Hozirda bolakay jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun qo‘llaridan kelgancha harakat qilishmoqda.

Moskva viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ushbu holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.

Top