16:12 / 23.05.2015
4232

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi bolalar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazdi

1 iyun Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi UNICEF’ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 22 may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida  sport bayram tadbirini tashkil etdi.

Bayram tadbirida 1-Muruvvat nogiron bolalar uchun maktab internati, Ko‘zi ojizlar maktabi, 100 sonli tayanch harakat a'zolari shikastlangan bolalar maktab internati, 102 sonli zaif eshituvchi bolalar maktab internati, 101 sonli  Kar bolalar maktab internati, 106 sonli zaif eshituvchi bolalar maktab internati, Ko‘zi ojizlar maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari, Paralimpiya sportchilari va faollar ishtirok etdi.

Bayram tadbirida sportning yugirish marafoni va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar olib borildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va g‘oliblarga qimmatbaho sovrinlar homiylar tomonidan taqdim etildi.       

Top