13:31 / 23.05.2015
3198

Tailandda fil kanadalik sayyohning kamerasi yordamida u bilan birga selfi uslubida surat oldi

Tailandda fil kanadalik sayyohning kamerasi yordamida selfiga tushdi.

22 yoshli Kristian Leblank qo‘lida GoPro ekshn-kamerasini tutib, filni bananlar bilan boqayotgan vaqtda, fil texnikani sayyoh qo‘lidan tortib olgan, shunga qaramay kamera esa suratga olishda davom etavergan.

«Qo‘limda bananlar tugab qolganidan keyin fil kameramni tortib oldi. Baxtimga fillar juda xotirjam va mehribon jonivorlar hisoblanadi. Men nafaqat kameramni qaytarib oldim, balki eng yaxshi fotosuratlarga ham ega bo‘ldim», – dedi Leblank.

Top