23:03 / 23.05.2015
2937

Yaman prezidenti tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortdi

Yaman Vazirlar mahkamasi vakili Rajab Bodiy Yamanni tark etgan prezident Abd Rabbo Mansur Xodiy Jyenevada o‘tkaziladigan Yamanda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarga kelmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Bodiyning aytishicha, bunday qarorga isyonchi xusiychilarning ular bosib olgan shaharlar, jumladan mamlakat poytaxtidan o‘z kuchlarini chaqirtirib olish shartlariga amal qilmayotganlari sabab bo‘lgan.

Bu qarorga bog‘liq ravishda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanning ko‘plab viloyatlariga aviazarbalar bermoqda.

Top